- Бош сахифа
- Коррупцияга қарши курашиш
- Коррупсияга қарши курашиш сиёсати
Коррупсияга қарши курашиш сиёсати
- Фойдаланувчи қўлланмаси
- Ўқув қўлланма
- Корруптсия 11-илова
- Коррупсияга қарши кураш бўйича ички асосий ҳужжатларни такомиллаштириш
- Коррупсияга қарши сиёсат. 1-илова
- Корруптсия хавфини аниқлаш ва баҳолаш методологияси. 2-илова
- Манфаатлар тўқнашувини бошқаришни тартибга солиш. 3-илова
- Алоқа каналлари орқали бузилган фаолият ҳақида. 4-илова
- Корруптсияга қарши курашиш учун виртуал ходимлар академияси. 5-илова
- Пудратчиларни текшириш бўйича кўрсатмалар. 6-илова
- Ишга олиш учун номзодларни танлашда фойдаланиш бўйича кўрсатмалар. 7-илова
- Коррупсияга қарши кураш тартиб-қоидаларининг самарадорлигини мониторинг қилиш. 8-илова
- Коррупсияга қарши кураш омиллари ва талаблари ҳақида хабардорлик. 8.1-илова
- Коррупсияга қарши курашиш тизимининг ҳолати тўғрисидаги ҳисобот. 9-илова
- Ходимларнинг бузуқ хулқ-атвори ва этикаси. 10-илова
- Давлат харидлари устидан назоратни ташкил этиш тартиби. 11-илова
- Халқаро ва бошқа расмий компаниялар ходимлари томонидан саёҳат хизматлари учун аризалар
- Корруптсия билан боғлиқ ҳуқуқбузарлик ёки корруптсия ҳодисаси ҳақида хабар бериш
- Монополияга қарши мувофиқлик тизими ва унинг талабларини янгилаш. 14-илова
- 2025-йил учун ҳаракатлар дастури
- Коррупсияга қарши кураш дастури
- Манфаатлар тўқнашуви
- Коррупсияга қарши чора-тадбирлар режаси
- Ёъл харитаси
- 2025-йил учун тадбирлар дастури
- Тараққиёт ва ёшлар газетаси
- Корруптсия ҳақида шикоят қилиш
- Корруптсия нима ва уни қандай энгиш мумкин?
Davlat dasturi loyihasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida qator vazifalar belgilandi
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili'da ustuvor yo'nalishlar bo'yicha islohotlar dasturlari va “O'zbekiston - 2030' strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi to'g'risida'gi Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi (https://regulation.adliya.uz/project/8938/23942?contentLang=oz) uchun eʼlon qilindi.
Davlat dasturi loyihasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida quyidagi vazifalar belgilanmoqda:
➖Eng asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 2 mingdan ziyod qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o'tkazib, ulardagi kolliziyalar, nomuvofiqliklar, “noaniq' qoidalar va boshqa korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish;
➖Davlat organlari rahbarlarining o'zi rahbarlik qilayotgan idora yoki tizim faoliyatida yo'l qo'yilgan jiddiy xato va kamchiliklar uchun siyosiy javobgarligi institutini joriy qilish bo'yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:
Loyihada siyosiy lavozimlarni egallagan davlat xizmatchilarining xalq oldida masʼulligi, ularga nisbatan ishonchsizlik bildirilishi asoslari va tartibi, ularning o'z ixtiyori bilan isteʼfoga chiqishi tartibi nazarda tutiladi.
➖Davlat organida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan bo'shatilgan xodimni ikki yil ichida o'zi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasidan xulosa olishning aniq tartibini belgilash bo'yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
➖Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy veb-sayti va “E-anticor' ochiq platformasida manfaatlar to'qnashuvi va korrupsiyaning oldini olishga doir qonunchilikdagi cheklovlar bo'yicha yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarda real vaqt rejimida maslahatlar beruvchi “Maslahatchi' interaktiv xizmati (chat-bot) modulini ishlab chiqish.
➖Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo'linmalari rahbarlarini rotatsiya qilish tartibi bo'yicha qaror loyihasini ishlab chiqish:
Loyihada rotatsiya qilinadigan lavozimlar ro'yxatini tasdiqlash, rotatsiya qilish asoslari va tartibi, rotatsiya qilishda qo'shimcha ijtimoiy-huquqiy kafolatlarni taʼminlash aks ettiriladi.
➖“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi' elektron platformasida 30 ming nafar davlat xizmatchisini korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'qitish:
- O'qitish jarayonlariga xalqaro ekspertlarni jalb etish, o'quv uslubiy qo'llanmalar va o'quv dasturlarini takomillashtirish;
- O'qitish natijalarini monitoring qilgan holda davlat xizmatchilarini belgilangan muddatda o'qitish bo'yicha majburiy talablarga rioya etmagan tashkilotlarga taqdimnoma kiritish.
➖Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari va ularning affillangan shaxslarining ayni bir lotdagi ishtirokining oldini olishga oid quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
- xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari va ularning affillangan shaxslari, shu jumladan, bir xil taʼsischilar, rahbarlar, benefitsiarlar yoki o'zaro bog'liq tadbirkorlik subyektlarining ayni bir lotda ishtirok etishini cheklovchi mezonlarni belgilash;
- xarid qilish tartib-taomillarida affillangan shaxslarning ishtirokini nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan, avtomatik tekshiruv va xavf indikatorlarini ishlab chiqish orqali raqobatni kuchaytirish.
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar va servislar sonini 880 taga yetkazish, shuningdek, portalning qulayliklarini ommaviy axborot vositalari va boshqa usullar orqali targ'ib qilish;
➖ “Open Data Challange' xakatoni o'tkazish.
Jamoatchilik muhokamasi joriy yilning 7-fevral sanasiga qadar davom etadi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi' - 1253 orqali murojaat qilishingizni so'raymiz.
O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yangi xalqaro NNT tashkil etildi
Adliya vazirligi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo'yicha mintaqaviy tadqiqot markazi davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Markazning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha mintaqaviy ekotizimni yaxshilashga ko'maklashish;
- Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarida korrupsiya bilan bog'liq tendensiyalar dinamikasini o'rganish, tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;
- korrupsiyaga qarshi “halollik” standartlarining davlat va jamiyat hayotiga joriy etish masalalarini tadqiq etish;
- fuqarolarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz kayfiyatni shakllantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
- korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini tadqiq etish sohasida oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining Markaz bilan yaqin hamkorligi o'rnatilishiga ko'maklashadi;
- O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi har yilgi milliy maʼruzani tayyorlashda Markaz tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar va tahlillarning natijalaridan foydalanadi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” - 1253 orqali murojaat qilishingizni so'raymiz.
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” - 1253 orqali murojaat qilishingizni so'raymiz.
V Toshkent aksilkorrupsiya forumi o'z ishini boshladi
Forum Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining tashabbusi bilan har yili o'tkazib kelinayotgan “Aksilkorrupsiya haftaligi'ning markaziy voqeasidir.
Besh yildirki, mazkur Forum - global hamkorlikning yangi sifati, innovatsion yondashuvlar va amaliy yechimlar uchun ochiq muloqot platformasi bo'lib kelmoqda.
Bu yilgi Forum “Muhokamalardan real o'zgarishlarga' shiori ostida O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), AQSH Davlat departamenti, IHTT, BMT GJB, YXHT, Konrad Adenauer Fondi hamda Qatar davlatining Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi kabi yirik xalqaro hamkorlar ko'magida tashkil etildi.
Unda xorijiy delegatsiyalar, davlat organlari, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarining 250 nafarga yaqin vakili, jumladan, Sloveniya, Gruziya, Litva, Saudiya Arabistoni Qirolligi, BAA, Misr, Germaniya, Ozarbayjon kabi 20 dan ortiq davlatning aksilkorrupsiya organlari rahbarlari va vakillari, shuningdek, Transparency International, IHTT, OTB, YXHT va BMT tuzilmalarining yetakchi mutaxassislari, qator mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etmoqda.
Ayni paytda Forumning yalpi majlisi bo'lib o'tmoqda.
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi' - 1253 orqali murojaat qilishingizni so'raymiz.
Коррупция: унинг тарихий илдизлари, коррупцияга қарши кураш усуллари