Олий уқув юртидан кейинги таълим институтига қабул қилиш
Doktorantura
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti O'zbekiston Respublikasi Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq, quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha doktoranturaga tanlov asosida qabul amalga oshiriladi:
- 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar;
- 14.00.30 - Epidemiologiya;
- 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya.
Shuningdek, mustaqil izlanuvchilik uchun ham hujjatlar qabul qilinadi.
Hujjatlar Yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi: https://daraja.ilmiy.uz
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 15-sentabrdan 15-oktabrgacha.
Klinik ordinatura
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining buyrug'iga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida klinik ordinaturaga “Yuqumli kasalliklar” mutaxassisligi bo'yicha qabul to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Klinik ordinaturaga (rezidenturaga) o'qishga kirish uchun hujjatlar faqat elektron shaklda, OneID orqali medtoifa.ssv.uz axborot tizimi yordamida qabul qilinadi.
Hujjatlar PDF formatida yuklanadi.
Hujjatlar 20-avgust soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Kirish test sinovlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini baholash markazi tasdiqlagan jadvalga muvofiq 2026 yil 25-30 avgust kunlari o'tkaziladi.
Murojaat uchun:
- Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 3-mavze, Yangi shahar ko'chasi, 7A.
- Telefon: +998 71 209 02 92
Илмий кадрлар тайёрлашнинг устувор ёʻналишларига оид мезонлар