• 100194, Тошкент ш., Юнусобод, 3 квартал, Янги шахар кўчаси, 7А

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2026-yil 20-iyuldagi 232-son buyrug'iga muvofiq

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2026-yil 20-iyuldagi 232-son buyrug'iga muvofiq, Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida 2026/2027-o'quv yili uchun klinik ordinaturaga qabul boshlanganini ma'lum qilamiz.

Mutaxassislik:

Yuqumli kasalliklar - 1 ta o'rin (erkin to'lov-kontrakt asosida).

Hujjatlar faqat medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali OneID yordamida elektron shaklda qabul qilinadi. Hujjatlar sifatli skaner qilingan holda yuklanishi lozim.

Hujjatlar 2026-yil 20-avgust soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Kirish test sinovlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini baholash markazi tasdiqlagan jadvalga muvofiq 2026-yil 25-30-avgust kunlari o'tkaziladi.

Murojaat uchun:

  • Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 3-mavze, Yangi shahar ko'chasi, 7A.

Telefon:

  • +998 71 209 02 92
  • +998 97 441 56 60

Diqqat! Abituriyent bir qabul mavsumida faqat bitta ta'lim tashkiloti va bitta mutaxassislikni tanlashi mumkin.