- Бош сахифа
- Янгиликлар
- Институт янгиликлари
- Axborot hati
Axborot hati
Hurmatli hamkasblar!
Sizni Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi, akademik Musabayev Erkin Isakovich tavalludining 70 yilligiga bag'ishlangan “O'zbekistonda gepatologiya maktabining bahorgi sessiyasi – 2026” ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz. Anjuman 2026 yil 23-aprel kuni Toshkent shahrida o'tkaziladi.
Tashkilotchi:
O'zbekiston gepatologlari assotsiatsiyasi
Anjuman quyidagilar koʻmagida oʻtkazilmoqda:
RIEMYuPKIATMning Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti
Anjuman doirasida Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo'shma Shtatlari, shuningdek, Belarussiyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida ilmiy ma'ruzalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Anjumanda ishtirok etish uchun yetakchi mutaxassislarni, ilmiy markazlar va ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarini, sog'liqni saqlash sohasi mutaxassislarini, oliy o'quv yurtlari xodimlari va talabalarini, tibbiyot tashkilotlari, farmatsevtika korxonalari xodimlarini taklif etamiz.
Anjuman formati: (onlayn yoki shaxsan ishtirok etish).
Anjumanning rasmiy tillari: o'zbek, rus.
O'tkazish joyi: «O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi», majlislar zali.
Manzil: 100047. Toshkent sh., Yahyo Gulyamov ko'chasi, 70.
Murojaat uchun: 100194. Toshkent sh., Yunusobod 3, Yangi shahar ko'chasi, 7a.
Telefon: (+99890) 912-02-42