Мурожаатингиз учун минатдормиз!
  • Сана ва вақти

  • 2Шифокорни танланг

  • 3Қабулга ёзилиш

UZ RU EN +998 71 231-18-52 100194, Тошкент ш., Юнусобод, 3 квартал, Янги шахар кўчаси, 7А

BACHADON BO‘YNI SARATONIGA SKRINING TEKSHIRUVLARI DAVOM ETMOQDA

13 Октябрь 2022

 Onkologik kasalliklar bugungi kunda butun dunyoda inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammodir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi yildan yilga o‘sib bormoqda.

Masalan, Yevropa Ittifoqida har yili 3,5 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi.

Onkologik xastaliklar ichida eng ko‘p uchraydigani sut bezi saratonidir.

Keyingi o‘rinlarda me’da, o‘pka va bachadon bo‘yni saratoni turadi.

Bachadon bo‘yni saratoni – bu 100 foiz oldini olish mumkin bo‘lgan yagona saraton kasalligidir.

Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablarning asosiysi (98-99 foizi) odam papilloma virusi (OPV) hisoblanadi.

Saraton kasalligidan oldin esa saraton oldi holatlar kuzatiladi.  Agar kasallik erta aniqlansa davolash uchun zarur bo‘lgan vaqt yetarli bo‘ladi. Odam papilloma virusini erta tashxislash va davolash natijasida bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanish va o‘lim holatlari kamayadi.

Shu maqsadda respublikamizda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti va Janubiy Koreyaning KOFIH fondi bilan hamkorlikda  Toshkent shahrida 5 ta  ,  Andijon viloyatida  3 ta va Samarqand viloyatida 5 ta markaziy oilaviy poliklinikalarda skrining jarayonlari davom etmoqda.

Quyidagi oilaviy poliklinikalarda skrining jarayonlari davom etmoqda: 

  1. Yunusobod tumani markaziy poliklinikasi

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani-19, Yunus ota ko‘chasi, (sobiq T.Zaxidova), 2.

tel: 71 223-10-81; 71 223-10-80.

  1. Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi

Manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 7A.

tel: 71 273-51-99; 71 273-38-19

  1. Mirzo Ulug‘bek tumani markaziy poliklinikasi

Manzil: Toshkent shahri, TTZ-2.

tel: 71 261-64-60; 71 264-56-15.

  1. Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod ko‘chasi, Mahtumquli (sobiq. Tarraqiyot), 2.

tel: 71 231-75-08.

  1. Shayxontohur tumanidagi markaziy poliklinika

Manzil: Toshkent shahri, Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, (Sobiq Mannon Uyg‘ur), 305.

tel: 71 242-06-95.

Andijon viloyati:

  1. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi

Manzil: Andijon shahri, Mashrab ko‘chasi, 39-uy. tel: 74 226-52-34; 74 226-76-98.

  1. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi

Manzil: Andijon shahri, Toshkent ko‘chasi, 50-uy.

tel:74 227-42-74.

3.Andijon shahar Yorboshi MFY, Nayman ko‘chasi 30-uy 4-oilaviy poliklinikasi

tel:74 237-61-47

Samarqand viloyati :

  1. Samarqand shahar tibbiyot Birlashmasi,ko‘p tarmoqli poliklinika

Manzil:Samarqand Buyuk ko‘chasi Ipak yo‘li 1a

Tel: 90 2506121

  1. Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi, 1-oilaviy poliklinika

Manzil: Samarqand Mullokandova ko‘chasi, uy -4.

Tel:66 2354224

  1. Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi, 3-oila  poliklinika

Manzil:Samarqand, Gʻiyosiddin Jamshid ko‘chasi -21 uy

Tel:66 2322366

  1. Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi, 9-oilaviy poliklinika

Manzil: Samarqand, Spitamen shox ko‘chasi 207

Tel:66 2217357

  1. Samarkand shahar tibbiyot birlashmasi,2 -chi  oilaviy poliklinika

Manzil:Samarkand sh.Orzu Maxmudova kuchasi  1 uy

Tel:66 2331434; 66 2330522

Ro‘yxatda turgan 30 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan barcha ayollar BBS (bachadon bo‘yni saratoni)ga bepul tekshirilmoqda.

Hozirgi kunda skrining jarayoni davom etmoqda, 25  ming dan ortiq   30 yoshdan – 49 yoshgacha bo‘lgan ayollarimiz bachadon bo‘yni saratoniga tekshirildi va tekshirish jarayonida aniqlangan o‘zgarishlar tegishli shifokorlar tomonidan nazoratga olinmoqda.

Shunday ekan, salomatligingizga e’tiborli bo‘lish va o‘z vaqtida shifokor nazoratidan o‘tishni unutmang!