Мурожаатингиз учун минатдормиз!
  • Сана ва вақти

  • 2Шифокорни танланг

  • 3Қабулга ёзилиш

UZ RU EN +998 71 231-18-52 100194, Тошкент ш., Юнусобод, 3 квартал, Янги шахар кўчаси, 7А

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinik ordinaturada o‘qish uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish to‘g‘risida

23 Июль 2024

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti «Yuqumli kasalliklar» mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturaga qabul qiladi.

Kirish imtihoni mutaxassislik bo‘yicha test sinovi o‘tkazish shaklida o‘tkaziladi.

Tanlov shartlari va qabul qilish qoidalari bo‘yicha ma’lumotlar Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining https://riv.uz saytida joylashtirilgan. Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2024 yilning 25 iyulidan 20 avgustigacha. Belgilangan muddatdan keyin hujjatlar qabul qilinmaydi. Klinik ordinaturaga qabul qilish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan ilmiy markazi, ilmiy-tadqiqot instituti) rektori (direktori) yoki nodavlat tibbiyot muassasasi rahbari nomiga ariza;
  2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
  3. 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  4. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat.

Yuqoridagi talab qilinadigan hujjatlar institutning e-pochtasi orqali taqdim etiladi. rivuzb@gmail.com

Tashkilot manzili: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod, Yangi shahar ko‘chasi, 7A.

Ma’lumot uchun telefon: +998712090292;  +998909120242