Мурожаатингиз учун минатдормиз!
  • Сана ва вақти

  • 2Шифокорни танланг

  • 3Қабулга ёзилиш

UZ RU EN +998 71 231-18-52 100194, Тошкент ш., Юнусобод, 3 квартал, Янги шахар кўчаси, 7А

Sizni 2022 yil 16-17 noyabr kunlari Toshkent shahrida rejalashtirilgan "O'zbekistonda kuzgi gepatologiya maktabi" xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.

7 Сентябрь 2022

Tashkilotchilar:

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi

RIEMYuPKIATMning Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti

O'zbekiston gepatologlari uyushmasi

 

Anjuman doirasida dunyoda va O'zbekistonda virusli gepatitlarni eliminatsiya qilish muammosi bo'yicha yalpi majlis, shuningdek, gepatologlar uchun quyidagi mavzular bo'yicha o'quv seminari o'tkazilishi rejalashtirilgan:  

  • Virusli gepatit B, D, C ning so'nggi bosqichi va jigarning alkogolsiz yog'li shikastlanishi kuzatilgan bemorlarni kuzatish va davolash muammolari
  • Gepatit D: kasallikning davosi va patogenezida yangiliklar

 

O'zbekiston Respublikasi virusli gepatitlar bo’yicha endemik mamlakatlar qatoriga kiradi. 2018 yildan boshlab mamlakatda B va C virusli gepatitlar skriningini tashkil etish va virusga qarshi terapiyadan foydalanish imkoniyatini ta'minlash bo'yicha pilot tadqiqotlar olib borilmoqda. 2022 yilda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan imzolangan 243-sonli "Ayrim dolzarb virusli infektsiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to'g'risida"gi qaror JSSTning gepatit C ni eliminatsiya qilish va 2030 yilgacha gepatit B ni kamaytirish bo'yicha vazifalarini bajarishga imkon beradi. Anjumanda O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun o'ta muhim muammo - virusli gepatit D ni davolashda eng yangi yutuqlarni muhokama qilish rejalashtirilgan. Virusli gepatit B, D, C ning so'nggi bosqichi va jigarning alkogolsiz yog'li shikastlanishi kuzatilgan bemorlarni kuzatish va davolash masalalari ham O'zbekiston uchun dolzarbdir. Virusli gepatitlarni eliminatsiya qilish bo'yicha jahon tajribasini xalqaro ekspertlar bilan keng muhokama qilish yuqumli kasalliklar shifokorlari, epidemiologlar, gastroenterologlar, umumiy amaliyot shifokorlari va boshqa mutaxassislarning virusli gepatitlarga qarshi kurashishning dolzarb muammolarini hal qilishdagi sa'y-harakatlarini birlashtirishga yordam beradi.

Anjumanda dori vositalari, tibbiy va laboratoriya uskunalarini ishlab chiqaruvchi etakchi kompaniyalar ko'rgazmasi taqdim etiladi.

 

Anjuman formati (onlayn yoki shaxsan ishtirok etish).

Anjumanning rasmiy tillari: o'zbek, rus, ingliz

Ro'yxatdan o'tish: Anjumanda ishtirok etish uchun talabnoma talablarga muvofiq .doc formatida to’ldirilisi (1-Ilova) va viruzb@mail.ru elektron pochtasiga 2022 yil 20 oktyabrgacha yuborilishi lozim.

O’tkazish joyi: "Radisson Blu Hotel Tashkent"

Manzil: Amir Temur ko'chasi 88, 100084, Toshkent, O'zbekiston

Aloqa: 100194. Toshkent shahri, Yunusobod 3, Yangi shahar ko'chasi, 7a

RIEMYuPKIATMning Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti

Tel: (+99871) 231-18-62

 

1-Ilova

 

Anjumanda ishtirok etish uchun talabnoma

 

Familiya

 

Ism

 

Otasining ismi

 

Aloqa telefoni

 

E-mail

 

Ilmiy daraja

 

Ilmiy unvon

 

Tashkilot nomi

 

Ma’ruza nomi

 

 

 

To'ldirish sanasi: «___» _________ 2022 y.